logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ramush Italiya grandiga o'tishi mumkin

 1 MAY, 2026, 20:24

«PSJ» sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramush Italiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.

Mashhur jurnalist Janluka di Martsio bergan ma'lumotlarga ko'ra, hujumchining xizmatlari «Yuventus» va «Milan» klublariga taklif qilingan. Frantsiya jamoasi tarkibida Ramush asosan rotatsiya o'yinchisi hisoblanadi va maydonda kam vaqt olmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh portugaliyalik futbolchi uchun faol ravishda yangi klub izlamoqda.

Mish-mishlarga ko'ra, Ramushga shuningdek «Barselona» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Ramushni 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ