logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dmitriy Bivol kelajak rejalari haqida gapirdi

 1 MAY, 2026, 16:32

Yarim og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Umuman, qanday rejalar bor? Faoliyatning rivojlanishi. Ehtimol, mening hayolimda faqat bitta istak bordir, aslida esa hammasi butunlay boshqacha bo'ladi. Albatta, faoliyatimning turli bosqichlari bor. Bu, albatta, trilogiya, ha, Beterbiev bilan. Bu yangi vazn toifasida o'zingizni sinab ko'rish. Bilmadim, balki pastga tusharman, balki yuqoriga ko'tarilarman. Ehtimol, yuqoriga ko'tarilish bugungi kunda ko'proq real [voqealar rivoji] bo'lsa kerak. Yana Benavides ham bor. Yani, bularning barchasi qaerga olib borishini bilmayman, chunki bundan to'rt hafta oldin, bir oy oldin, to'g'risini aytsam, Ekaterinburgda jang o'tkazishimni tasavvur ham qila olmasdim. Hamma narsa shunchalik o'zgarmoqda, shuning uchun nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Bivol RCC: MMA & Boxing YouTube kanaliga bergan intervyusida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ