logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» va Flik shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldilar

 1 MAY, 2026, 15:18

Xans-Diter Flik «Barselona» bilan shartnoma muddatini uzaytirishga rozi bo'ldi.

Bosh murabbiy bilan tuziladigan yangi kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ko'zda tutadi. Agar 2027/28 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra har ikki tomon hamkorlikni davom ettirishga rozi bo'lsa, qo'shimcha bir yil avtomatik tarzda faollashadi.

Flik «Barselona» La Liga chempionligini rasmiylashtirganidan so'ng yangi shartnomaga imzo chekadi. Hozirda jamoa chempionat tugashiga 5 tur qolganda 11 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Germaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etishi kerak edi. Qayd etilishicha, klub dastlab Flik bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolamoqchi bo'lgan, biroq Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi o'zi uchun qulayroq bo'lgan qisqaroq muddatli kelishuvni ma'qul ko'rgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ