Oliver Kan Yurgen Kloppning «Real»dagi ehtimoliy kelajagi haqida gapirdi
1 MAY, 2026, 13:54
«Bavariya» sobiq darvozaboni Oliver Kan Yurgen Kloppning «Real» boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Yurgen — rivojlantirishni va qurishni yaxshi ko'radigan mutaxassis. U muayyan bir tizimga asoslanib ishlaydi.
«Real» esa — butunlay boshqacha dunyo. «Real» — bu alohida shaxsiyatlar va yulduzlar jamoasi bo'lib, ular har qanday majburiy kontseptsiyaga bo'ysunishni qat'iyan rad etishadi. Biz buni Xabi Alonso misolida ham ko'rdik.
Bu erda asosiy masala — murabbiyning hurmatga sazovorligida, futbolchilar bilan til topisha olishida hamda yulduzlar bilan ishlab, ularni o'zi qo'llamoqchi bo'lgan tizim zarurligiga ishontira olishidadir», — dedi Oliver Kan.
