logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vankuverda FIFAning 76-Kongressi o'tkazildi

 1 MAY, 2026, 12:00

Kanadaning Vankuver shahrida FIFAning 76-Kongressi bo'lib o'tdi.

Unda tashkilotga azo mamlakatlar qatorida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etdi. Kongressda so'z olgan FIFA Prezidenti Janni Infantino bir qator loyihalar, xususan, FIFA Forward dasturi orqali butun dunyo bo'ylab futbol jadal ravishda rivojlanib borayotganini takidladi.

Unga ko'ra, FIFAning 211 ta azo associaciyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar soni avvalgi tsikkillarga nisbatan sakkiz baravar oshgan. SHuningdek, navbatdagi siklda FIFA Forward dasturi doirasidagi investiciyalar rekord darajaga etishi qayd etildi.

Bundan tashqari, FIFA rahbari futbol dunyoda birlik va hamjihatlik vositasi ekanligini aytib, joriy yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta azo associaciya jahon sahnasida porlashga tayyor ekanini bildirib, jamoalarga omad tiladi.

SHuningdek, kun tartibidan tashkilotning 2025 yilgi bayonnomasi va yillik hisobotini tasdiqlash, tartib-intizom qo'mitasi azolarini saylash, FIFA Nizomida belgilangan muddatda azo associaciyalar va Kengash tomonidan kiritilgan takliflarni muhokama qilish hamda irqchilikka qarshi global tashabbusni davom ettirish masalalari o'rin oldi.


comhttps://backend.championat. ... 4.jpg alt="photo_2026-05-01_07-44-28.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ