logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar jarohatdan qo'rqib, «Palmeyras»ga qarshi muhim o'yinda maydonga tushmaydigan bo'ldi

 1 MAY, 2026, 11:12

«Santos» hujumchisi Neymar «Palmeyras»ga qarshi mahalliy «klasiko»ni o'tkazib yuboradi. Globo Esporte nashrining xabar berishicha, 34 yoshli futbolchining maydonga tushmasligiga ikkita sabab bor: charchoq va o'yin bo'lib o'tadigan stadiondagi sun'iy qoplama.

Avvalroq matbuotda Neymar jahon chempionati oldidan jarohat olmaslik uchun sun'iy maydonlardan qochishi haqida yozilgan edi.

«Palmeyras» va «Santos» o'rtasidagi Braziliya chempionati bahsi yakshanbaga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Neymarning asosiy maqsadi — Braziliya terma jamoasi safida JCh-2026 da ishtirok etish. Shunga qaramay, shu yilning bahorida Karlo Anchelotti «Santos» forvardini terma jamoaga chaqirmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ