logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas hayratda: «Bu men hayotimda ko'rgan eng yaxshi o'yin»

 1 MAY, 2026, 11:00

Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Fransesk Fabregas «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi yarim final uchrashuvini tomosha qilganidan so'ng o'z hayratini yashira olmadi. 28 aprel kuni bo'lib o'tgan va Luis Enrike shogirdlarining 5:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yin mutaxassisda katta taassurot qoldirdi.

«Agar siz ushbu ikki jamoadan birining murabbiyi bo'lsangiz, ehtimol, biroz aziyat chekishingizga to'g'ri kelardi, lekin tomoshabin sifatida kelganingizda… Bunday o'yinni ko'raman deb tasavvur ham qilmagandim. Hayotimdagi eng yaxshi o'yin», — deya Fabregasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Il Mio Napoli.

Fabregas, shuningdek, ushbu bahs zamonaviy futbol qaysi yo'nalishda ketayotganini yaqqol ko'rsatib berganini ta'kidladi.

«Men jamoaviy taktikani deyarli kuzatmadim, lekin individual mahoratni ko'rdim. Pressing, yakkama-yakka kurashlar. Ushbu uchrashuvdan o'zim uchun ko'plab saboqlar oldim».

Yana bir yarim final bahsida «Atletiko» va «Arsenal» jamoalari murosa ko'chasini tanlashdi — 1:1. Javob o'yinlari 5-6 may kunlari bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ