logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» Jeksondan katta mablag' ishlab olmoqchi

 1 MAY, 2026, 10:42

«Bavariya»da ijara asosida to'p surayotgan hujumchi Nikolas Jekson yozda «Chelsi»ga qaytadi.

Myunxen klubi senegallik futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi, biroq «ko'klar» ham uni tarkibda qoldirishni rejalashtirmayotgan ko'rinadi. The Athletic nashrining ma'lumotlariga ko'ra, London klubi rahbariyati hujumchini sotish orqali 60 million evrogacha mablag' ishlab olish mumkin deb hisoblamoqda. Transfermarkt portali esa futbolchini 40 million evroga baholagan.

Nikolas Jekson joriy mavsumda «Bavariya» safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ