logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu: «Hakamlar ham inson va xato qilishadi»

 1 MAY, 2026, 09:30

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hakamlarni himoya qilib chiqdi. «Oltin to'p»ning besh karra sohibi arbitrlarni, hatto ular xatoga yo'l qo'ygan vaziyatlarda ham hurmat qilishga chaqirdi.

«Hakamlarni hurmat qilish kerak, hatto ular xato qilishsa ham. Ular ham inson va xato qilishga moyillar», — deya Ronalduning so'zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano Rio Ferdinandga tayangan holda.

Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, kuni kecha «An-Nasr» jamoasi «Al-Ahli»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va chempionatdagi g'alabali seriyasini 16 ta o'yinga etkazdi. Ar-Riyod jamoasi Pro-ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi «Al-Hilol»ni sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda. Ammo «Al-Hilol» hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ