logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» yulduzi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

 1 MAY, 2026, 09:18

So'nggi bir necha hafta davomida turli OAVlarda Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachi Alfonso Devisni sotib yuborishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Boshqa xabarlarda esa «Bavariya» kanadalik futbolchini sotishni rejalashtirmayotgani, biroq manfaatli taklif tushsa, uni rad etmasligi ta'kidlangan edi.

Endi Sky Germany jurnalistlari Florian Plettenberg va Kerri Xauning ta'kidlashicha, Devis hattoki «aql bovar qilmaydigan» taklif tushgan taqdirda ham «Bavariya»ni tark etishni istamayapti. Hozirda Devis jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi — uning yillik daromadi bonuslar bilan birga taxminan 20 million evroni tashkil qiladi.

Devisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ