logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marku Silva «Arsenal»ning kuchiga baho berdi

 1 MAY, 2026, 08:54

«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva «Arsenal»ning darajasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv shanba kuni Premer-liga doirasida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

«Arsenal» — chempionlik uchun kurashayotgan top-jamoa. Hatto o'zlarining eng yaxshi futbolini namoyish etmagan taqdirda ham, ular raqibni ko'plab turli usullar bilan jazolashga qodir. Bunday jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Ular ixcham harakat qilishadi, to'psiz ham tinimsiz mehnat qilishadi va kam joy qoldirishadi», — dedi Silva o'yin oldidan.

Mikel Arteta jamoasi 34 turdan keyin 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «dachchilar» esa 48 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ