logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ruslan Nurudinov yana shohsupaning yuqori pog'onasida

 1 MAY, 2026, 08:32

Samoaning Apia shahrida og'ir atletika bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqa - Universal Weightlifting Cup bo'lib o'tdi.

Mazkur turnir Osiyo/Okeaniya mintaqasining etakchi atletlari uchun yilning muhim startlari — Osiyo o'yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida etirof etildi.

Musobaqaning eng ko'p qiziqish uyg'otgan yo'nalishlaridan biri -110 kg vazn toifasidagi bahslar bo'lib, unda chempionlik uchun raqobat ikki atlet — hamyurtimiz Ruslan Nurudinov hamda qozog'istonlik Artyom Antropov o'rtasida kechdi. 

Olimpiada va Jahon chempioni hamda rekordchisi Ruslan Nurudinov ikkikurash natijasiga ko'ra 400 kg natija bilan musobaqa chempionligini qo'lga kiritdi. 

"47 soat parvozdan keyin, bor yo'g'i bir kun mashg'ulot o'tkazib, ikki kurashda 400 kg natija qildim. Boriga shukur!", - dedi Nurudinov.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ