logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Infantino FIFA prezidenti lavozimiga yana saylanmoqchi

 1 MAY, 2026, 05:48

FIFA prezidenti Janni Infantino o'z lavozimida 2031 yilgacha qolishni rejalashtirmoqda. U 2027 yilda bo'lib o'tadigan saylovlarda yana ishtirok etish niyati borligini Kanadadagi Vankuver shahrida o'tayotgan FIFA kongressida ma'lum qildi.

Infantino 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Tashkilot nizomiga ko'ra, ushbu lavozimda eng ko'pi bilan to'rt yillik muddatdan uch muddat ishlash mumkin. Biroq 2022 yilda FIFA kengashi Infantinoning 2016–2019 yillardagi birinchi muddatini hisobga olmaslik to'g'risida qaror qabul qilgan.

Shu tariqa, Infantino uchun to'rtinchi muddat amalda uchinchi hisoblanadi va u saylovda g'alaba qozonsa, uning lavozimdagi umumiy faoliyati 15 yilga etadi. 2023 yilda bo'lib o'tgan so'nggi saylovlarda u yagona nomzod sifatida qatnashgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ