logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Noyerga yangi shartnoma taklif qilmoqda, hozircha kelishuvga erishilmagan

 30 APREL, 2026, 22:06

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, darvozabon yangi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda, uning agenti esa myunxenliklar bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.

Manbaga ko'ra, «Bavariya» Noyerga 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqda. 40 yoshli darvozabon bilan hozircha kelishuvga erishilmagan. Qayd etilishicha, Noyerning «Bavariya»dagi o'rinbosari Yonas Urbig kelasi mavsumda yanada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

Joriy mavsumda Noyer klub safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Urbig 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Germaniya jamoasining uchinchi darvozaboni Sven Ulrayx esa yana bir o'yinda qatnashdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ