logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yurgen Klopp «Real» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar safidan chiqdi

 30 APREL, 2026, 22:00

Madridning «Real» klubida nemis mutaxassisi Yurgen Kloppning malakasi yuqori baholanadi, ammo u endi «qaymoqranglar» bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko'rib chiqilmayapti. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutmoqda, biroq u amaldagi bosh murabbiy Yulian Nagelsmanning ishiga hurmat bilan qaraydi. Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyati paydo bo'lgunga qadar Klopp Red Bull guruhida sport direktori vazifasini bajarishda davom etadi.

Avvalroq OAV Klopp «Qirollik klubi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri ekanini ta'kidlagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ