logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" sardori EChL yarim finalining eng yomon futbolchisi bo'ldi

 30 APREL, 2026, 18:24

Germaniyaning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o'yinlari yakunlariga ko'ra, WhoScored talqini bo'yicha eng past bahoni oldi. Bu haqda WhoScored o'zining "X" (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Manuel Noyerning Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubiga qarshi o'yindagi harakatlari 4,83 ballga loyiq ko'rildi. "Bavariya" yarim finalning ilk uchrashuvida mehmonda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish joizki, "Pari Sen-Jermen" futbolchilari "Bavariya" darvozasi tomon jami beshta aniq zarba yo'llashgan. Javob uchrashuvi 6 may, chorshanba kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.

Yarim finalning ikkinchi juftligida Madridning "Atletiko" klubi o'z maydonida Angliyaning "Arsenal" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 5 may, seshanba kuni Angliyada o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ