logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" "el-klasiko"dan so'ng murabbiy ishi bo'yicha jiddiy harakat boshlaydi

 30 APREL, 2026, 17:36

Jurnalist Xorxe S. Pikonning so'zlariga ko'ra, "Real Madrid" rahbariyati murabbiylikka nomzodlar bilan hali to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borgani yo'q.

"Qaymoqranglilar" hozircha faqat murabbiylarning yaqin atrofidagi insonlar (vakillari) bilan bog'lanib, kelishuv shartlari va imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Ispaniya giganti mavsum yakunida Alvaro Arbeloaning o'rnini egallaydigan yangi murabbiyni olib kelish ustida ishlamoqda.

Madridliklar yangi bosh murabbiy borasidagi yakuniy qarorni 10 may kuni bo'lib o'tadigan "el-klasiko"dan so'ng qabul qilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, asosiy nomzodlar sifatida "Benfika" ustozi Joze Mourino va "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp ko'rilmoqda. Shu bilan birga, "Qaymoqranglilar" matbuotda hali nomi chiqmagan boshqa mutaxassislarni ham kuzatib borishmoqda.

Klub prezidenti Florentino Peres jamoani qayta qurish jarayoniga boshchilik qilishi uchun tajribali va muvaffaqiyatlarga erishgan murabbiyni jamoaga taklif qilmoqchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ