logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika 2027 yilgi FIFA prezidentligi saylovlarida Infantino nomzodini bir ovozdan qo'llab-quvvatladi

 30 APREL, 2026, 16:36

Afrika futbol konfederatsiyasiga (CAF) a'zo bo'lgan assotsiatsiyalar 2027 yilda bo'lib o'tadigan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligi saylovlarida Janni Infantino nomzodini bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi.

Ushbu qaror FIFAning 76-kongressi arafasida Vankuverda o'tkazilgan CAF a'zolarining uchrashuvida qabul qilindi.

«CAF a'zo-assotsiatsiyalari Janni Infantinoning 2027–2031 yillar davri uchun FIFA prezidentligi lavozimiga qayta saylanishini bir ovozdan qo'llab-quvvatlashga kelishib oldilar», — deyiladi CAF rasmiy saytidagi bayonotda.

Afrika futbol konfederatsiyasiga 54 ta milliy futbol assotsiatsiyasi a'zo hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Infantino 2016 yildan beri FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda va shu paytgacha ikki bor ushbu lavozimga qayta saylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ