logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» himoyachining favqulodda transferini amalga oshirish niyatida

 30 APREL, 2026, 16:18

Madridning «Real» klubi Eder Militaoning jarohatidan so'ng himoya markazidagi vaziyatdan xavotirga tushgan. Kuni kecha braziliyalik himoyachi jiddiy jarohat oldi. Shu bilan birga, yozda David Alaba va Antonio Ryudigerning shartnomalari muddati tugashi sababli klubni tark etishi kutilmoqda.

«Real» rahbariyati jamoani mudofaa markazida kadrlar taqchilligi kutayotganini tushunib turibdi. Shu sababli ular himoyachining favqulodda transferini amalga oshirmoqchi. Asosiy nomzod — «Komo» sharafini himoya qilayotgan Xakobo Ramon.

Ramon «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qaymoqranglilar» uni 2025 yilning yozida «Komo»ga berib yuborishgan va o'yinchi tajriba to'plab, ulg'aygach, bir necha yildan keyin qaytarishni rejalashtirishgan edi. Biroq endi «Real» o'z rejalarini o'zgartirib, 21 yoshli futbolchini hoziroq qaytarishga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ