logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted»da Kerrikning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy nomi aytildi

 30 APREL, 2026, 16:18

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni inqirozdan olib chiqdi va jamoa hozirda kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi. «Qizil iblislar» rahbariyati Karrikni yangi shartnoma bilan taqdirlashi kutilmoqda.

Biroq, klubda Ule Gunnar Sulsher bilan bog'liq vaziyat takrorlanishidan xavotirlar bor. Norvegiyalik mutaxassis ham o'z vaqtida klubdagi yo'lini yaxshi boshlagan, ammo keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan edi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» yakuniy qaror qabul qilishdan oldin boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqadi. Hozirda Kerrikning eng kuchli raqobatchisi Andoni Iraola bo'lib turibdi. «Qizil iblislar» qarorgohida Iraolaning «Bornmut»dagi ishi va hujumkor uslubini juda yuqori baholashmoqda. U «Yunayted» rejalariga ideal tarzda mos keladi degan qarashlar mavjud.

Avvalroq, Andoni Iraola mavsum yakunlanganidan keyin «Bornmut»ni tark etishi e'lon qilingan edi. Matbuot uni «Chelsi» bilan ham bog'lamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ