logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grizmann: «Eng katta orzum — EChL finaliga chiqish»

 30 APREL, 2026, 15:48

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan ilk bahs (1:1) haqida gapirdi.

O'yin haqida

«Ikkinchi bo'limni intensivlik va pressing jihatidan ancha yaxshi o'tkazdik. Javob o'yini uchun aynan shu narsa kerak. Bu ajoyib o'yin bo'ladi. Uydan yoki stadiondan kuzatayotganlar uchun buni tomosha qilish oson bo'lmaydi, lekin futbolning go'zalligi ham shunda».

Tanaffus oldidan o'tkazib yuborilgan gol haqida

«Birinchi bo'lim oxirida gol o'tkazib yuborish og'riqli bo'ldi. Biz pressingni kuchaytirish va pozitsiyalarni o'zgartirish uchun ikki-uchta taktik tuzatishlar kiritdik va bu hal qiluvchi rol o'ynadi. Keyin esa muxlislarimiz bizni haqiqatan ham oldinga undashdi».

Golli vaziyatlar haqida

«Menda uchta imkoniyat bo'ldi, lekin gol ura olmadim. Ikkinchi o'yinda buni uddalashimga ishonchim komil. Barchamiz ajoyib mehnat qildik va endi bor e'tiborimizni javob uchrashuviga qaratishimiz kerak».

Javob o'yini haqida

«Mening eng katta orzum — finalga chiqish. Men ushbu o'yinga va ikkinchi bahsga juda ko'p tayyorgarlik ko'rdim va umid qilamanki, biz bunga erisha olamiz», — dedi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, javob o'yini 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ