logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Di Kanio: «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Godzilla va King-Kong jangiga o'xshardi»

 30 APREL, 2026, 15:36

«Yuventus», «Napoli» va «Milan» klublarining sobiq hujumchisi Paolo Di Kanio Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» (5:4) o'rtasidagi birinchi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Godzilla va King-Kong o'rtasidagi jangga o'xshardi. Kuchli, chaqqon mavjudotlar hech qanday hisob-kitobsiz, tinimsiz burilishlar va fintlar bilan kurashishdi.

Himoya yomonmi? Biz shunchaki hasad qilyapmiz. Biz ba'zi futbolchilarni sotib olishga qurbimiz etmaydi-ku? Agar ular texnik jihatdan kuchli va tezkor bo'lsa, juda qimmat turishadi. Natijada esa Premer-ligaga yo'l olishadi.

«Bavariya» Keyn uchun 100 million evro to'ladi. Bu erda Italiyada esa ba'zilar, barcha hurmatni saqlagan holda, Lukaku va Leauga qoyil qolishadi. Biz esa 38 yoshli Levandovskini kutyapmiz!», — dedi Di Kanio La Repubblica nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ