logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu 16 ta o'yinlik g'alabali seriyadan so'ng hissiyotlarini yashirmadi

 30 APREL, 2026, 14:06

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turidan o'rin olgan «Al-Ahli»ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Ronaldu jamoasi ichki chempionatda ketma-ket 16 ta g'alaba qayd etib, rekord o'rnatdi.

Portugaliyalik yulduz mazkur bahsda burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

O'yindan so'ng Krishtianu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga: «Olg'a!!! Biz — «An-Nasr»miz!!!» — deb yozib qoldirdi.

Ayni damda 41 yoshli futbolchi to'p surayotgan jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Al-Hilol»ni 8 ochkoga ortda qoldiryapti, biroq ta'qibchining zahirasida bitta o'yini mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ