logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alvares «Atletiko» tarixiga kirdi

 30 APREL, 2026, 13:36

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan dastlabki bahsda (1:1) jamoa rekordini o'rnatdi.

26 yoshli argentinalik futbolchi uchrashuvning ikkinchi bo'limida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Bu gol Alvares uchun joriy mavsumdagi Evropa Chempionlar ligasidagi 10-gol bo'ldi. Shu tariqa, u «Atletiko» tarixida nufuzli evrokubokning bir mavsumida 10 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum EChL to'purarlar poygasida Madridning boshqa bir klubi — «Real» hujumchisi Kilian Mbappe peshqadamlik qilmoqda. Frantsiyalik yulduz hisobida 15 ta gol mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ