logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rayya Madriddagi bahs yakunlariga to'xtaldi

 30 APREL, 2026, 13:00

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi kechgan dastlabki bahs (1:1) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ispaniya poytaxtida o'tgan uchrashuvda «kanonirlar»ning yagona goliga birinchi bo'lim yakunida penaltini aniq ijro etgan Viktor Dyokeresh mualliflik qildi. Maydon egalari esa 56-daqiqada Xulian Alvaresning penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.

«Bu juda og'ir o'yin bo'ldi. Endi hammasi kelasi haftada hal qilinadi. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, «kanonirlar»!» — deb yozib qoldirdi Rayya uchrashuv yakunlanganidan so'ng o'z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» va «Atletiko» jamoalari o'rtasidagi hal qiluvchi javob uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ