«Benfika» Mourinyuni ushlab qola olmaydi: Insayder «Real»dagi bo'lajak o'zgarishlar haqida ma'lum qildi
30 APREL, 2026, 11:42
Lissabonning «Benfika» klubi ustozi Joze Mourino Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ro'yxatida qolmoqda.
Tarqalayotgan ko'plab xabarlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis kelayotgan yozda «qirollik klubi»ga qaytishga tayyor. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, «Benfika» rahbariyati Madriddan rasmiy taklif tushgan taqdirda «The Special One»ni jamoada olib qolishning iloji yo'qligini tushunib turibdi va hozirda Ispaniya tomonining yakuniy qarorini kutmoqda.
Ma'lumot uchun, Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Qayd etilishicha, murabbiy va Madrid grandi prezidenti Florentino Peres o'rtasida hamon iliq munosabatlar saqlanib qolgan.
