logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Ansu Fati bo'yicha yakuniy qarorga keldi

 30 APREL, 2026, 10:24

«Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi, ayni damda ijara asosida «Monako» sharafini himoya qilayotgan Ansu Fati o'z jamoasida yangi imkoniyatga ega bo'lmasligi mumkin.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, Kataloniya grandi rahbariyati 23 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida. Hattoki Frantsiya klubi futbolchini 11 million evro evaziga sotib olish huquqidan foydalanmagan taqdirda ham, «ko'k-anorranglilar» hujumchini transferga qo'yishadi.

Qayd etilishicha, «Barselona» mutasaddilari Fatining Frantsiyadagi o'yinida ma'lum o'sish bor deb hisoblasa-da, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va sport direktori Deku klubdagi «yashirin qoida»ga amal qilishmoqda. Unga ko'ra, asosiy tarkibga kirish imkoniyati past bo'lgan futbolchilar jamoada qolmasligi kerak.

Ma'lumot o'rnida, Transfermarkt portali ayni damda Ansu Fatining bozor qiymatini 15 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ