logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri Reshfordni jamoasida ko'rmoqchi

 30 APREL, 2026, 10:18

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordga bo'lgan qiziqishlar ortib bormoqda. Ayni damda ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qilayotgan vinger tez orada yana jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchining transferini to'liq sotib olish huquqidan foydalanish niyatida emaslar. Vaziyatni «Aston Villa» klubi va shaxsan jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri yaqindan kuzatib bormoqda. Mutaxassis futbolchini o'z jamoasi safida ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Reshford uchun «Aston Villa» begona emas — u 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini aynan Birmingem klubida ijara asosida o'tkazgan edi. Hujumchining «mankunianliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha imzolangan bo'lib, Transfermarkt portali uning bahosini 40 million evro etib belgilagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ