logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano: Levandovski masalasi «Milan» rahbariyatida ixtilof keltirib chiqardi

 30 APREL, 2026, 08:42

Mashhur italiyalik futbol agenti Fabritsio Romanoning hisoblashicha, Robert Levandovski masalasi hozirda «Milan» rahbariyatini ikkiga bo'lib qo'ygan — qaror qabul qiluvchilarning bir qismi jamoaga polshalik hujumchi kerak deb hisoblasa, boshqa bir qismi bunga shubha bilan qaramoqda.

«Levandovski masalasi «Milan»ni ichki tomondan bir oz bo'lib turibdi, chunki bu muayyan xarajatlar bilan bog'liq, bundan tashqari, futbolchining yoshi ham biroz xavotir uyg'otmoqda. «Yuventus» ham vaziyatni kuzatib boryapti, biroq hozircha klublarning hech biri Robertga aniq taklif bilan chiqqani yo'q», — deya Romanoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it sayti.

Eslatib o'tamiz, Levandovski ayni damda «Barselona» sharafini himoya qilmoqda, biroq yozda katta ehtimol bilan klubni tark etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ