logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Kloppni rozi qilmoqchi

 30 APREL, 2026, 08:24

Madridning «Real» klubi Yurgen Kloppni bosh murabbiylik lavozimini egallashga ko'ndirish niyatida. Garchi germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytishi va Madridda ishlashi haqidagi mish-mishlarni bir necha bor rad etgan bo'lsa-da, jurnalist Xosep Pedrerolning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, «qirollik klubi» endi «Liverpul»ning sobiq ustozi rozilik berishiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2024 yilda murabbiylikdan ketgan edi. 2025 yil boshidan buyon u Red Bull kompaniyasining futbol bo'limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Shuningdek, Alvaro Arbeloaning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan yana bir nomzod sifatida so'nggi paytlarda ayni damda «Benfika»da faoliyat yuritayotgan Joze Mourinyu tilga olinmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ