logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chempionlar ligasi. «Atletiko» - «Arsenal» o'yinidagi penaltilar tufayli durang qayd etildi (videosharh)

 30 APREL, 2026, 05:54

Evropa Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi yarim finali birinchi uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubi o'z maydonida Londonning «Arsenal» jamoasini qabul qildi. Madriddagi «Riyad Eyr Metropolitano» stadionida bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

44-daqiqada «Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh penaltini aniq bajarib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda, 56-daqiqada «Atletiko» forvardi Xulian Alvares ham 11 metrlik jarima zarbasidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida hakam «Atletiko» himoyachisi David Gantsko raqib futbolchisi Ezeni oyog'iga tepgani uchun penalti belgiladi. Biroq epizodni qayta ko'rib chiqqach, arbitr o'z qarorini o'zgartirdi.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo'lib o'tadi.

Chempionlar ligasi. Yarim final
«Atletiko» — «Arsenal» — 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 — V. Dyokeresh, 44 (penaltidan); 1:1 — X. Alvares, 56 (penaltidan).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ