logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Benfika» Mourinoni «Real»ga qo'yib yubormoqchi emas

 29 APREL, 2026, 22:18

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Joze Mourinoning «Benfika»dan Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o'tishi borasida lissabonliklarning pozitsiyasini ochiqladi.

«Portugaliya klubi Jozeni qo'yib yuborishni istamayapti. Rahbariyat Mourinyu jamoada qolishi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yangi jamoa barpo etishiga umid qilmoqda», — deya Barbozaning so'zlarini keltiradi «RB Sport» portali.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis «Real» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mourinyu avval ham (2010–2013 yillarda) «qirollik klubi»da faoliyat yuritgan. «Real» bilan u Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogida g'olib chiqqan.

«Special One»ning «Real»dan keyingi faoliyatida «Chelsi»ga qaytish, «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Roma» va «Fenerbaxche»dagi ish jarayonlari kuzatilgan. U 2025 yildan buyon «Benfika» bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ