logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» Rosenorga va'da qilingan millionlarni to'lamaydi

 29 APREL, 2026, 20:00

Shu yilning aprel oyida iste'foga chiqarilgan «Chelsi»ning sobiq murabbiyi Liam Rosenor shartnomasining qolgan qismi uchun ko'zda tutilgan barcha mablag'larni olmaydigan bo'ldi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis bu borada allaqachon xabardor qilingan. Avvalroq OAVda tovon puli miqdori 27 million evrogacha etishi haqidagi raqamlar paydo bo'lgan edi. Aniq summa faqat kelasi yili, «Chelsi»ning moliyaviy hisoboti hukumat saytlaridan birida e'lon qilinganidan keyin ma'lum bo'ladi. Biroq hozirning o'zidayoq to'lovlar miqdori aytilgan raqamlardan ancha past bo'lishi aniq.

Rosenor o'z lavozimida bor-yo'g'i 3 oy ishladi. Hozirda «Chelsi» Angliya chempionatida 34 ta o'yindan so'ng 48 ochko bilan sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ