logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kimmix EChL yarim finalidagi bahsli penaltidan norozi

 29 APREL, 2026, 13:54

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan ilk o'yinda (4:5) myunxenliklar darvozasiga belgilangan penalti haqida o'z fikrini bildirdi.

Birinchi bo'lim yakunida bosh hakam Sandro Sherer videotakrorni ko'rgach, «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devisning qo'l bilan o'ynagani sababli nuqtaga ishora qilgan edi.

«Men qo'l bilan o'yin uchun berilgan penalti takrorini ko'rmadim, lekin bu ko'proq tasodifan sodir bo'ldi. Bu shunchaki futbol ruhiyatiga to'g'ri kelmaydi. Sakkiz yoki to'qqiz yil oldin Madridda o'ynaganimizda, men ham xuddi shunday penalti berilishini xohlagan bo'lardim.

Bu haqiqatan ham odamning g'azabini keltiradi, chunki o'sha vaziyatda uzatmani golga aylantirishi mumkin bo'lgan birorta ham raqib o'yinchisi yo'q edi. Menimcha, jarima maydonchasi ichidagi har qanday qo'l bilan o'yin penaltiga olib kelmasligi uchun qoidaga o'zgartirish kiritish kerak. To'p uning tizzasidan qo'liga tegdi, buning uchun berilgan jazo esa Chempionlar ligasi yarim finalida hal qiluvchi ahamiyatga ega», — dedi Kimmix.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ