Vitinya Myunxendagi bahs oldidan nimalar muhimligini aytdi
29 APREL, 2026, 13:42
«PSJ» yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida jamoasining muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Parijliklar o'z maydonlaridagi ilk bahsda 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi. Qarama-qarshilik g'olibi 6 may kuni «Alyants Arena»da aniqlanadi.
«Dam olish, yaxshi ovqatlanish va to'yib uxlash kerak — ha, bu oddiy gaplardek tuyulishi mumkin, lekin bu juda muhim. Biz aynan shunday qilamiz. Ishonchim komil, Myunxenda ajoyib o'yin o'tkazamiz», — dedi Vitinya final hushtagidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatda.
