logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» himoyachisi nima uchun 9 ta gol urilgan o'yindan keyin jamoasi bilan faxrlanishini aytdi

 29 APREL, 2026, 13:36

Myunxenning «Bavariya» klubi xorvatiyalik himoyachisi Yosip Stanishich Parijning «PSJ» jamoasiga qarshi kechgan ilk yarim final uchrashuvi natijalari haqida to'xtalib o'tdi. Unda myunxenliklar 4:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi, vaholanki, o'yinning ma'lum qismida jamoa yirik mag'lubiyatdan qutulib qola olmaydigandek tuyulgan edi.

«Bu shunday o'yinki, unda hamma narsa juda tez o'zgarib ketadi, bunga bugun ham guvoh bo'ldik. Ular hujumda juda xavfli edilar, ularning safida dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor. Muxlislar uchun bu juda qiziqarli va maroqli o'yin bo'ldi, ammo biz uchun 2:5 hisobidan keyin o'yinga qaytish juda qiyin edi. Shunga qaramay, biz ikkita gol urdik va men jamoamiz ko'rsatgan xarakterdan faxrlanaman. Javob o'yinida hamma narsaning iloji bor», — deya Stanishichning so'zlarini keltiradi BBC Sport.

Javob uchrashuvi bir haftadan keyin bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ