logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» va «Yuventus» 16 yoshli iqtidorli darvozabonni kuzatmoqda

 29 APREL, 2026, 13:12

Iqtidorli darvozabon Leonard Preskott yaqinda «Bavariya»ning asosiy jamoasida debyut qilishga juda yaqin kelgan edi, chunki klubning to'rt nafar posboni jarohat olgandi. Biroq Yonas Urbig baribir safga qaytgani sababli, Preskottning debyuti keyinga qoldirildi.

Shu bilan birga, Preskottning iqtidori boshqa klublarni ham o'ziga jalb qilmoqda. Germaniyaning Sky nashri xabar berishicha, 16 yoshli futbolchini «Chelsi» va «Yuventus» klublari kuzatib bormoqda.

«Bavariya» uchun muammo shundaki, Leonard Preskottning amaldagi shartnomasi klub bilan 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Bu esa boshqa klublarda darvozabonni o'z tomoniga og'dirib olish uchun yaxshi imkoniyat borligini anglatadi.

Preskott hali juda yosh, shu sababli Transfermarkt portalida uning bozor qiymati hozircha belgilanmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ