logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi gollar shousiga munosabat bildirdi (foto)

 29 APREL, 2026, 13:12

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish jarayonidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Jamoalar bir-birlariga to'qqizta gol urib (5:4), turnirning yarim final bosqichida sermahsullik bo'yicha rekord o'rnatishdi. Uchrashuv davom etayotgan bir paytda norvegiyalik forvard qisqacha izoh qoldirdi.

«Bu futbol», – deb yozdi Xoland ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'yindan olingan suratni ilova qilgan holda.


Javob o'yini 6 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Finalning ikkinchi yo'llanmasi uchun Londonning «Arsenal» va Madridning «Atletiko» jamoalari bahs olib borishadi.

Erling Xoland «Manchester Siti» tarkibida turnirdagi ishtirokini 1/8 final bosqichidayoq yakunlagan edi – «shaharliklar» Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ