Himoyachi bo'lsa-da, hujumchilar bilan raqobatda: Ashraf Hakimiydan EChLda yangi ko'rsatkich
29 APREL, 2026, 13:06
«PSJ» o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy jamoasiga Chempionlar ligasining ilk yarim finalida «Bavariya»ni mag'lub etishda (5:4) yordam berdi.
Marokashlik futbolchi 56-daqiqada hisobni 4:2 ko'rinishiga keltirgan Xvicha Kvaratsxeliyaga golli uzatma etkazib berdi. Parijliklar laterali hisobidagi golli uzatmalar soni Chempionlar ligasida 18 taga etdi — bu Afrika vakillari o'rtasida tarixdagi uchinchi ko'rsatkichdir. Bu borada undan faqat kamerunlik Samyuel Eto'O (20) va misrlik Muhammad Saloh (19) oldinda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Hakimiyning har ikki «raqobatchisi» hujumchi hisoblanadi.
Chempionlar ligasining joriy mavsumida Ashraf 12 ta o'yinda maydonga tushib, etti bor assist qayd etdi va bitta gol urdi.
