logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bundan yaxshiroq o'yinni bilmayman»: Uesli Sneyder «PSJ» — «Bavariya» bahsidan hayratga tushdi

 29 APREL, 2026, 13:00

Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi o'yindan hayratda qolganini yashirmadi. Seshanba kuni Parijda bo'lib o'tgan ilk to'qnashuv mezbonlarning 5:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«Bundan yaxshiroq o'yinni eslay olmayman. Bu bahs haqiqiy finaldek tuyuldi. Shiddat, sifat va drama — hammasi eng yuqori darajada bo'ldi. Har ikki jamoa o'zida ehtiros va aql bovar qilmas texnik mahoratni birlashtirgan. Bunday tomoshadan so'ng barchamiz futbolni nima uchun yaxshi ko'rishimizni yana bir bor tushunib etdik», — deya Sneyderning so'zlarini keltirmoqda Niderlandiya OAVlari.

«PSJ» va «Bavariya» samaradorlik bo'yicha rekord o'rnatishdi — avval hech qachon Chempionlar ligasi yarim finalining bitta uchrashuvida to'qqizta gol urilmagan edi. Javob jangi 6 may kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ