«MYu» 50 millionga olingan futbolchisini ikki baravar arzonga sotishga tayyor
29 APREL, 2026, 12:54
«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Manuel Ugarte bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, urugvaylik futbolchi jahon chempionatidan so'ng sotuvga qo'yiladi. Taxminlarga ko'ra, «qizil iblislar» xavbek uchun taxminan 28 million evro so'rashadi, vaholanki, Transfermarkt uning bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Manuel Ugarte 2024 yilning avgustida «PSJ»dan 50 million evro evaziga «Manchester Yunayted»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi mankunianliklar safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
