logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kaysedo «PSJ» va «Chelsi» o'rtasida tanlov qildi

 29 APREL, 2026, 12:48

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Moyses Kaysedo yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, ekvadorlik yarim himoyachini sotib olishga Frantsiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq Kaysedoning o'zi Parij grandiga o'tishni istamayapti. Moyses faoliyatini «Stemford Bridj»da davom ettirish niyatida.

24 yoshli yarim himoyachi «aristokratlar» safida 2023 yilning avgustidan buyon to'p surib kelmoqda. Futbolchining bozor qiymati 110 million evroga baholangan.

Premer-liganing joriy mavsumida Kaysedo 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Ekvadorlik futbolchi o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ