logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dembele «PSJ»dagi muvaffaqiyat sirini ochiqladi

 29 APREL, 2026, 10:12

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening talabchanligi haqida gapirib berdi. Seshanba kuni parijliklar o'z maydonlarida Chempionlar Ligasi dastlabki yarim finalida «Bavariya»ni mag'lub etishdi (5:4). Qarama-qarshilik taqdiri kelasi chorshanba kuni Myunxenda hal bo'ladi.

«Agar sen pressing qilmasang, himoyaga yordam bermasang — Enrike seni zaxira o'rindig'iga o'tqizib qo'yadi», — dedi Dembele o'yindan so'ng CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Aynan «Oltin to'p»ning amaldagi sohibi «Bavariya» bilan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Dembele Joau Neveshga golli uzatma berdi, birinchi bo'lim oxirida esa o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi. 58-daqiqada esa Usmon jamoasining oxirgi, beshinchi golini urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ