logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manuel Noyerdan antirekord: 26 yil ichida ilk bor EChL pley-offida bunday omadsizlik kuzatildi

 29 APREL, 2026, 10:12

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan dastlabki o'yinda (4:5) biror marta ham o'z jamoasini qutqara olmadi. Parijliklar raqib darvozasiga besh marta aniq zarba yo'llashdi va ularning barchasi gol bilan yakunlandi.

ESPN nashrining xabar berishicha, Noyer birorta ham zarbani qaytarmasdan o'z darvozasidan beshta to'p olib chiqib, Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining so'nggi yillardagi antirekordini o'rnatdi. Darvozabonlar o'rtasida bunga o'xshash oxirgi natija uzoq 2000 yilda qayd etilgan: o'shanda «Chelsi» posboni Ed de Guy «Barselona»dan beshta gol o'tkazib yuborib, birorta ham seyv amalga oshira olmagan edi.

Mart oyida Manuel Noyer 40 yoshni qarshi oldi. Taxminlarga ko'ra, yaqin orada Myunxen grandi sardori klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ