logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mastantuono vataniga qaytishi mumkin

 29 APREL, 2026, 09:42

Madridning «Real» klubi vingeri Franko Mastantuono Madridga ko'chib o'tganidan bor-yo'g'i bir yil o'tib, jamoani tark etishi mumkin. Argentinalik futbolchi uchun Evropadagi debyut mavsumi ko'ngildagidek kechmadi: u maydonda kam ko'rinish bermoqda, shu sababli matbuotda uning ehtimoliy ketishi haqidagi gap-so'zlar tinmayapti.

Defensa Central nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Mastantuono hali ham «Real»ni tark etishni xohlamaydi, biroq istar-istamas «River Pleyt»ga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 18 yoshli futbolchi o'zi uchun muntazam o'yin amaliyoti zarurligini tushunib turibdi. «Qaymoqranglilar» Mastantuononing sotib yuborilishiga rozi bo'lishlari amrimahol, biroq ijara bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishlari mumkin. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ