Maguayr Amorim va Kerrik boshqaruvi o'rtasidagi farqni tushuntirib berdi
28 APREL, 2026, 23:18
«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr yanvar oyida jamoani tark etgan murabbiy Ruben Amorim qo'l ostidagi davr haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Hozirda mankunianliklarni Maykl Kerrik boshqarmoqda.
«Klubda Ruben Amorim ishlagan vaqtda, o'yinlarimizdagi imkoniyatlar nisbati 50 ga 50 edi... Ammo bahslar ko'pincha mag'lubiyat bilan yakunlanardi.
Hozir esa hamma narsa mutlaqo boshqacha tuyulmoqda, biz ham o'z jarima maydonchamizda, ham raqibnikida ancha yaxshi o'ynayapmiz. Himoyada ancha tartiblimiz, hujumda esa ancha ishonch bilan harakat qilmoqdamiz», — deya Maguayrning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Hozirda «Manchester Yunayted» 61 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
