logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliyada Evropadagi ilk faqat ayollar futboli uchun mo'ljallangan stadion quriladi

 28 APREL, 2026, 22:30

«Brayton» klubi Buyuk Britaniya va Evropada birinchi bo'lib faqat ayollar futboli uchun mo'ljallangan stadion qurish rejalarini e'lon qildi.

10 ming tomoshabinga mo'ljallangan arenaning ochilishi 2030/31 yilgi mavsumga rejalashtirilgan. Uni erkaklar jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan «Falmer Stedium» (sig'imi taxminan 32 ming kishi) yaqinida qurish ko'zda tutilgan.

Klubning ta'kidlashicha, stadiondagi barcha sharoitlar — kiyinish xonalaridan tortib vestibyulgacha — ayol sportchilar va ayollar futboli tomoshabinlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi.

BBC nashrining xabariga ko'ra, stadion qurilishi 75-80 million funt sterlingga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ