logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Militao operatsiyadan keyin bayonot berdi

 28 APREL, 2026, 22:18

«Real Madrid» himoyachisi Eder Militao ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona karavotida tushgan suratini joylashtirdi. Suratda futbolchining yonida uning turmush o'rtog'ini ham ko'rish mumkin. Avvalroq «Real» Militaoning jarrohlik amaliyotini o'tkazgani haqida e'lon qilgan edi.

«Meni biladigan har bir kishi o'z ishimga qanchalik sodiq ekanligimni va eng yaxshi jismoniy holatda bo'lish uchun qanchalik ko'p mehnat qilganimni tushunadi. Afsuski, «Real» va milliy terma jamoada ishonch bilan o'ynashim uchun o'z tanam haqida qayg'urishimga to'g'ri kelmoqda», — deyiladi Militaoning bayonotida.

Shuningdek, futbolchi qo'llab-quvvatlovchi xabarlar uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq matbuotda Eder Militaoning tiklanishi uchun taxminan besh oy vaqt kerak bo'lishi haqida yozilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ