logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga: "So'g'diyona" - "Surxon" o'yinida 7 ta gol urildi

 28 APREL, 2026, 21:18

O'zbekiston Superligasining 10-turi doirasida Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasi Zomindagi stadionda Termizning «Surxon» klubini qabul qildi. Keskin va hujumkor ruhda o'tgan bahsda jizzaxliklar yirik — 5:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Ulug'bek Baqoev shogirdlari uchrashuvni juda faol boshlashdi. 11-daqiqadayoq Lyupcho Doriev hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Islom Qobilov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo'limda ham «bo'rilar» hujumkorlikni pasaytirishmadi va Zoir Jo'raboev hamda Feysal Mulichning gollaridan so'ng hisob 4:0 ko'rinishiga keldi.

O'yin yakunida termizliklar Xumoyun Sherbo'taev va Stefen Chineduning sa'y-harakatlari bilan farqni qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Bolevich 89-daqiqada jamoasining beshinchi golini urib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Ushbu muhim g'alabadan so'ng «So'g'diyona» ochkolari sonini 9 taga etkazib, turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarilib oldi. «Surxon» esa 11 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.

Superliga. 10-tur
«So'g'diyona» – «Surxon» 5:2

Gollar: Lyupcho Doriev (11), Islom Qobilov (15), Zoir Jo'raboev (53), Feysal Mulich (61), Aleksandr Bolevich (89) — Xumoyun Sherbo'taev (73), Stefen Chinedu (76).

«So'g'diyona»: N.Mirkovich, Z.Jo'raboev, I.Qobilov, O.Ahadov, F.Mulich, J.Qahramonov, O.Jo'raqo'ziev, L.Doriev, O.Karimov, A.Abdurashidov, N.Soyibov.

«Surxon»: O.Boymurodov, B.Jumatav, N.Ne'matxonov, B.Shamsiev, D.Tursunov, X.Sherbo'taev, S.Chinedu, R.Fraydey, S.Abduhamidov, J.Jo'raev, B.Shaydulov.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ