«Real» Tchuameni bo'yicha qaror qabul qildi
28 APREL, 2026, 21:06
«Real» rahbariyati yarim himoyachi Orelen Tchuamenining kelajagi borasida bir qarorga keldi. Frantsuz futbolchisini «Manchester Yunayted» bilan bog'layotgan mish-mishlarga qaramay, Madrid klubi futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. «Qaymoqranglilar» Tchuamenini o'z sport loyihalarining muhim qismi sifatida ko'rishmoqda.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, «Real» 26 yoshli Tchuameni bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Shuningdek, Madrid klubi futbolchining ish haqini oshirish haqida o'ylamoqda.
Orelen Tchuameni 2022 yilning yozida «Monako»dan transfer qilinganidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri yarim himoyachi 191 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
